Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1049
“ONA TILIM — QALBIM GAVHARI”
21 октябр 2026
“ONA TILIM — QALBIM GAVHARI”
2026-yil 21-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.A. Xusayinova va Sh.B. Tursunovalar Kosonsoy tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar. Tadbirda institutning 1-bosqich Ta’lim va tarbiya nazriyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi magistrantlari F.Soliboyeva va X.Abdunazarovalar ham faol qatnashdilar.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda milliy madaniyatni rivojlantirishdagi ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning tarixiy taraqqiyoti, boy adabiy merosi, betakror ifoda imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy o‘zligini anglash yo‘lidagi muhim tarixiy voqea ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ona tilini asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va kundalik muloqotda to‘g‘ri foydalanish har bir fuqaroning ma’naviy burchi ekanligi qayd etildi.
Tadbirda 1-bosqich Texnologik ta’lim mutaxassisligi magistrantlarining ishtiroki alohida ahamiyat kasb etdi. Magistrantlar tomonidan ona tilining milliy qadriyatlarimizni ifodalashdagi o‘rni, ta’lim-tarbiya jarayonida davlat tilidan samarali foydalanish hamda yosh avlodda nutq madaniyatini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Maktab o‘quvchilari va tadbir ishtirokchilarida ona tiliga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi fikrlar bildirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir oliy ta’lim muassasasi va umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, magistrantlarning kasbiy-pedagogik tajribasini oshirish hamda ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, Kosonsoy tumanidagi 34-maktabda o‘tkazilgan tadbir yoshlar o‘rtasida davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, ona tilimizning nufuzini yuksaltirish va milliy ma’naviyatni targ‘ib etishga xizmat qildi. Tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar hamda magistrantlar tomonidan ona tilini e’zozlash, uni kelajak avlodga boy va betakror meros sifatida yetkazish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.