Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1052
“Yoshlar innovatsion bog‘i”da ona tili va Vatanga bag‘ishlangan adabiy-badiiy dastur namoyish etildi
21 октябр 2026
“Yoshlar innovatsion bog‘i”da ona tili va Vatanga bag‘ishlangan adabiy-badiiy dastur namoyish etildi
Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirning navbatdagi qismi “Yoshlar innovatsion bog‘i” sahnasida davom etdi.
Talabalar ishtirokida ona tili va Vatanni tarannum etuvchi she’rlar, monolog hamda qo‘shiqlardan iborat adabiy-badiiy dastur namoyish etildi. O‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodidan saralangan asarlar orqali ona tilimizning boyligi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash g‘oyalari ifoda etildi.
Ifodali she’rxonlik, sahnaviy ijro va kuy-qo‘shiqlar uyg‘unligida taqdim etilgan chiqishlar talabalarning ijodiy qobiliyati hamda sahna madaniyatini namoyon etdi. Dastur tadbirda ishtirok etgan mehmonlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga ona tilimiz hamda milliy adabiyotimizga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlardan bahramand bo‘lish imkonini berdi.
Adabiy-badiiy dasturdan so‘ng tadbir Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi faollar zalida “O‘zbek tilim — iftixorim” mavzusidagi ilmiy-nazariy seminar bilan davom etdi.