info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Talabalar turar joyi faoliyati

YOSHLAR VA KITOB — MA’RIFAT SARI QADAM

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari hamda talabalari tashabbusi bilan talabalar turar joyida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etildi.

21 октябр 2026 Talabalar turar joyi faoliyati 13 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari hamda talabalari tashabbusi bilan talabalar turar joyida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etildi.

Tashabbus doirasida talabalar turar joyiga turli mazmundagi kitoblar olib kelinib, yoshlarning ulardan erkin foydalanishi uchun maxsus kitob javonlari tashkil etildi. Keltirilgan adabiyotlar javonlarga tartibli joylashtirildi, shuningdek, kitob mutolaasiga qiziqish bildirgan talabalarga ham tarqatildi.

Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda talabalar turar joyida muntazam mutolaa qilish uchun qulay sharoit yaratishdir.

Kitoblarning talabalar yashash joyida mavjudligi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mutolaa bilan mazmunli o‘tkazishlari, dunyoqarashlarini kengaytirishlari hamda o‘qigan asarlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Tyutorlar va talabalarning hamjihatlikdagi ushbu tashabbusi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim olishga bo‘lgan intilishni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar turar joyidagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing