info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

ONA TILIM — QALBIM KO‘ZGUSI!

Namangan davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Dehqonova hamda Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi M.Pozilovalar tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan talabalar turar joyida Tarix va Milliy g‘oya yo‘nalishlari talabalari ishtirokida badiiy kecha hamda qiziqarli viktorina tashkil etildi.

21 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 5 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Dehqonova hamda Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi M.Pozilovalar tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan talabalar turar joyida Tarix va Milliy g‘oya yo‘nalishlari talabalari ishtirokida badiiy kecha hamda qiziqarli viktorina tashkil etildi.

Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizdagi o‘rni, uning boy tarixi va betakror jozibasi haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Viktorina davomida o‘qituvchilar va talabalar o‘zbek tili, imlo qoidalari, maqollar hamda til tarixiga oid savollar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qiziqarli savol-javoblar ishtirokchilarning faolligini oshirib, ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatini yanada mustahkamladi.

Tadbir yakunida ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimiz ekanligi ta’kidlandi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing