Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1079
“O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!”
22 октябр 2026
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA rasmiy veb-saytida Namangan davlat pedagogika institutida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy tadbir haqida maqola e’lon qilindi.
Maqolada bayram doirasida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi, tasviriy san’at ko‘rgazmasi, she’rxonlik kechalari, talabalarning ijodiy chiqishlari, shuningdek, “O‘zbek tilim — iftixorim” mavzusidagi ilmiy-nazariy seminar haqida so‘z yuritilgan.
Mazkur tadbir ona tilimizga hurmat va milliy adabiyotimizga muhabbatni mustahkamlash, milliy adabiy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlangan.