Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1080
Namangan davlat pedagogika instituti va Belarus bilan hamkorlik: yangi istiqbollar
23 октябр 2026
22-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M. Qodirxonovning Belarus davlat pedagogika universitetiga tashrifi doirasidagi rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar davom etdi.
Tashrif davomida M. Qodirxonov Belarus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Ivanovich Juk bilan uchrashdi. Uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. E. Xusanovning minnatdorlik yorlig‘i topshirildi hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, shu kuni M. Qodirxonov O‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov bilan uchrashdi. Muloqot davomida Belarus davlat pedagogika universiteti va Namangan davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi samarali hamkorlik aloqalari e’tirof etildi.
Uchrashuv doirasida Belarus davlat pedagogika universiteti vakili, O‘zbekiston–Belarus madaniyat markazi rahbari hamda qo‘shma ta’lim dasturlari koordinatori Svetlana Yermolichga Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. E. Xusanov nomidan minnatdorlik yorlig‘i topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi Namangan davlat pedagogika institutining ta’lim loyihalarini Belarus Respublikasida amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.