Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1086
ASAL FESTIVALI — MILLIY QADRIYATLARIMIZ VA MEHMONDO‘STLIGIMIZ NAMOYISHI!
23 октябр 2026
Namangan shahrida o‘tkazilayotgan Asal festivalida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tyutori Ch. Isroilova talabalar bilan birgalikda faol ishtirok etmoqda.
Mazkur festival turli millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari hamda milliy qadriyatlarini keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Festival doirasida talabalar xalqimizning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va qadriyatlarini namoyon etib, millatlararo do‘stlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilmoqdalar.
Bunday tadbirlar yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ularni turli xalqlar madaniyatiga ehtirom ruhida tarbiyalash hamda do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.