Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1092
Robototexnika sohasida yutuq: talabamiz diplom bilan taqdirlandi
24 октябр 2026
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-358-son qarori hamda "Sun'iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-189-son Farmoni asosida ta'lim tizimida yoshlarga innovatsion texnologiyalar va robototexnika asoslarini chuqur o'rgatish, iqtidorli kadrlar salohiyatini oshirish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
E'tiborga molik jihati shundaki, "O'zbekiston — 2030" strategiyasida ham yoshlarning zamonaviy texnologik va IT kasblarga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida ko'rsatilgan.
Ushbu islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar doirasida Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o'qituvchilaridan M. Ibroximov va A. Majidov ushbu sohani rivojlantirishga katta hissa qo'shib kelmoqda. Buning natijasi sifatida Texnologik ta'lim yo'nalishi talabasi Yigitaliyev O'tkirjon o'quv jarayonida faol va natijali ishtirok etib kelmoqda. "Robototexnika asoslari" fani mashg'ulotlarida u nazariy va amaliy bilimlarni puxta egalladi. Bundan tashqari, institutda tashkil etilgan "Robototexnika va sun'iy intellekt" to'garagi mashg'ulotlarida ham muntazam qatnashib, zamonaviy mikrokontrollerlar, sensorlar va avtomatlashtirish tizimlari bilan ishlash bo'yicha bilim hamda malakasini oshirdi. Dasturlash va robototexnik loyihalarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini takomillashtirib, tegishli bosqich va mashg'ulotlarni muvaffaqiyatli yakunladi.
O'quv mashg'ulotlari va to'garakdagi faol ishtiroki, shuningdek, robototexnika hamda sun'iy intellekt sohasidagi amaliy bilimlarini yuqori darajada namoyon etgani munosabati bilan talaba Yigitaliyev O'tkirjon tegishli diplom bilan taqdirlandi.
Ushbu erishilgan natija mamlakatimizda yosh texniklar hamda kelajak muhandislarini tayyorlash borasida olib borilayotgan davlat siyosatining amaliy samarasidir.
Institut jamoasi talabamizni samimiy tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi!