Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1095
Namangan davlat pedagogika institutida “Hayot maktabi” dasturi doirasida maktab ōquvçilari uçun amaliy uçraşuv taşkil etildi
24 октябр 2026
Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-ōquv yilidan boşlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar taşkil etiş bōyiça 03-RA 1-311-son topshirig‘i ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari rejasining 1.2- va 1.3-bandlari ijrosini ta’minlaş maqsadida Namangan şahar 31-maktabning 10–11-pedagogik sinf bitiruvchilarining Namangan davlat pedagogika institutiga taşrifi taşkil etildi.
Tadbir Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgaça ta’lim kafedrasi mudiri, professor M. Asranbayeva, Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b. B. Qayumov hamda ōqituvçilar M. Usmonova va I. Sirojiddinovlar tomonidan yuqori saviyada ōtkazildi.
Taşrif doirasida ōquvçilar Maktabgaça ta’lim kafedrasining zamonaviy laboratoriyalari, Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasining psixologik xizmat hamda pedagogik mahorat ōquv-laboratoriya xonalari bilan yaqindan taniştirildi. Uçraşuv davomida ōquvçilar ōrtasida “Men tanlagan kasb” mavzusida qiziqarli psixologik trening taşkil etildi.
Trening davomida yoşlarga pedagogik kasbning mas’uliyati, şarafi va jamiyatdagi ōrni haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning kelajakdagi maqsadlari yuzasidan fikr almaşildi. Ōquvçilar ōzlarini qiziqtirgan savollariga institut professor-ōqituvçilaridan atrofliça javob olişdi. Uşbu amaliy uçraşuv maktab bitiruvchilarining pedagogik yōnalişga bōlğan qiziqişini oşirişda, tōğri kasb tanlaşida hamda maktab va oliy ta’lim ōrtasidagi uzluksiz hamkorlikni yanada mustahkamlaşda muhim qadam bōldi.