info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

NAMDPI XALQARO HAMKORLIK ALOQALARINI YANADA KENGAYTIRMOQDA

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli xalqaro anjuman ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish hamda mintaqaviy va global integratsiya jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

28 октябр 2026 Yangiliklar 11 marta ko‘rilgan


Forumda dunyoning 40 dan ortiq davlatidan vakillar, jumladan, ta’lim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda ming nafardan ziyod xalqaro ekspertlar, olimlar va ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro forumda Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, institut rektori Bahodir Ergashevich Xusanov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Murodxon Qodirxanov xalqaro anjuman doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan muloqotlar olib bormoqda.

Forum doirasida Namangan davlat pedagogika instituti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi xalqaro hamkorlik aloqalariga asos solindi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Semey shahrida joylashgan Shakarim universiteti hamda Qirg‘iziston Respublikasidagi xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Muloqotlar davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy seminarlarni tashkil etish kabi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilmiy salohiyatni oshirish, innovatsion ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda xalqaro akademik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur xalqaro aloqalar Namangan davlat pedagogika institutining xalqaro ta’lim maydonidagi o‘rnini mustahkamlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashish va ilmiy-pedagogik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Namangan davlat pedagogika instituti bundan buyon ham xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni rivojlantirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing