info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

YAPONIYA TAJRIBASI ASOSIDA TA’LIM VA TARBIYA HAMKORLIGI: ONLAYN MULOQOT

2026-yil 28-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika institutida “Yaponiya tajribasi asosida ta’lim va tarbiya hamkorligi” mavzusida uchinchi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

28 октябр 2026 Yangiliklar 10 marta ko‘rilgan

Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari O. Bazarov, Namangan viloyatidagi yapon eksperti Goto Mikako, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari M. Appaqov, Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi metodika bo‘limi boshlig‘i J. Jo‘rayev, Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari M. Asranbayeva, F. Husanova, K. Kamolova hamda yapon tajribasi targ‘ib qilinayotgan maktab direktorlari ishtirok etdilar.

Yaponiya tomonidan Moralogy Foundation tashkiloti rahbari Fumitaka Nakazava, xalqaro bo‘lim boshlig‘i Inukai hamda metodikalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Horiuchi ishtirokida samimiy muloqot olib borildi.

Uchrashuv davomida maktablararo onlayn hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, pedagoglar o‘rtasida tajriba almashuvini tashkil etish hamda madaniy-ma’rifiy muloqotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda nafaqat rasmiy uchrashuvlar, balki o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bevosita munosabatlar ham muhim ahamiyatga ega. Yapon va o‘zbek bolalarining bir-birini tanishi, o‘zaro hurmatni mustahkamlashi hamda bir-biridan ezgu fazilatlarni o‘rganishi ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy natijalarga zamin yaratadi.

Muloqot yakunida kelgusida amaliy loyihalar va hamkorlik ishlarini davom ettirish qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, navbatdagi onlayn muloqotni O‘zbekistonda yapon tajribasi asosida faoliyat yuritayotgan maktab hamda Moralogy Foundation pedagoglari o‘rtasida tashkil etish rejalashtirildi.

Mazkur hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va O‘zbekiston hamda Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing