Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1123
QIZIL TOIFADAGI MAKTABLAR NAMDPI VAKILLARI E’TIBORIDA
30 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvçilari tomonidan ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş, bitiruvçi sinf o‘quvçilarini oliy ta’limga yo‘naltiriş hamda ularga kasb tanlaşda ko‘maklaşiş maqsadida Çortoq tumanidagi qizil toifadagi 26-sonli umumta’lim maktabiga taşrif amalga oşirildi.
Taşrifda Filologiya kafedrasi mudiri R. Tillayeva, kafedra katta o‘qituvçilari Ş. Ermatova, M. Ulkanboyeva hamda kafedra o‘qituvçilari Z. Nizamova va S. Dedaxonovalar iştirok etdilar.
Taşrif davomida maktabning bitiruvçi sinf o‘quvçilari bilan samimiy va mazmunli suhbat taşkil etildi. Suhbat jarayonida o‘quvçilarga oliy ta’lim muassasalariga kir iş tartibi, mavjud ta’lim yo‘nalişlari, talabalarga berilgan imkoniyatlar, xususan, Namangan davlat pedagogika institutida yaratilgan şaroitlar va ta’lim yo‘nalişlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, o‘quvçilarning kelajakdagi rejalari, qiziqişlari va oliy ta’lim olişga bo‘lgan intilişlari yuzasidan fikr almaşildi. Professor-o‘qituvçilar tomonidan bitiruvçilarga to‘g‘ri kasb tanlaş, bilim olişga mas’uliyat bilan yondaşiş, o‘z ustida muntazam işlaş hamda oliy ta’lim sari dadil qadam taşlaş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur taşrif maktab bitiruvçilarining oliy ta’limga bo‘lgan qiziqişini oşiriş, ularning kelajakdagi maqsadlarini belgilash va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.