Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1125
REKTOR VA MAGISTRATURA TALABALARI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
30 октябр 2026
Uchrashuvda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida yangi “Magistratura to‘g‘risidagi nizom” mazmuni, dissertatsiya mavzularini Namangan viloyatining dolzarb muammolari bilan bog‘lash, ilmiy rahbar va ish beruvchilar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, magistrantlarning darslardagi faolligi, ilmiy hamjamiyatdagi ishtiroki, tadqiqot orqali kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Rektor magistrantlar tomonidan berilgan har bir savolga atroflicha javob berib, ularning o‘quv va ilmiy faoliyatiga doir tavsiyalarini bildirdi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv magistrantlar uchun mazmunli va manfaatli bo‘ldi.