Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1136
Özbekistonning eng yangi tarixi fanidan oçiq seminar
02 ноябр 2026
Maşğulot davomida talabalar sönggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va jamiyat hayotiga ta’siri haqida atrofliça fikr yuritdilar. Ta’lim, soğliqni saqlaş, aholini ijtimoiy himoya qiliş, yoşlar siyosati hamda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş yönalişlarida qabul qilingan qonun va dasturlar tahlil qilindi.
Seminar faol muloqot, savol-javob va mustaqil fikr bildiriş asosida taşkil etildi. Talabalar tayyorlagan taqdimotlar, amaliy misollar va statistik ma’lumotlar mavzuning yanada çuqur yoritilişiga xizmat qildi. Şuningdek, ijtimoiy islohotlarning ustuvor yönalişlari, kam ta’minlangan oilalarga körsatilayotgan yordam va aholi farovonligini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar xususida özaro fikr almaşildi.
Öqituvçi F. Baxriddinova talabalarning tayyorgarligi va faolligini yuqori baholab, bunday oçiq maşğulotlar bilimlarni mustahkamlaş, mustaqil fikrlaş va nutq madaniyatini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Oçiq seminar yakunida faol qatnaşgan talabalar rağbatlantirildi.