info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar seminar

Yangi tarix fanidan ochiq seminar

"Mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar" mavzusida ochiq seminar mashg'uloti o'tkazildi

26 октябр 2026 seminar 14 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Muqaddas Pozilova Ijtimoiy fanlar fakultetining Kechki-UZB-BU-26 guruhi talabalari ishtirokida "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan "Mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar" mavzusida ochiq seminar mashg'ulotini o'tkazdi.
Mashg'ulot davomida talabalarga XX asrning 80-yillari o'rtalarida respublikaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat haqida keng ma'lumotlar berildi.
Seminar jarayonida mavzuga oid savol-javoblar, slayd namoyishi, krossvord va "Aqliy hujum" usullari orqali talabalarning bilim va ko'nikmalari mustahkamlandi. Tadbir yakunida mavzuga oid muhim xulosalar chiqarildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing