Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1093
Namangan davlat pedagogika institutida DAAD bilan hamkorlik: Navbatdagi OnSET imtihonlari va ōquv seminari ōtkazildi
24 октябр 2026
Mana üç yildirki, Namangan davlat pedagogika instituti Germaniya Federativ Respublikasining Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati – DAAD (Deutsche Akademische Austauschdienst) tışkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. DAAD tışkilotining Toşkent şaxridagi lektori Daniel Max Gallman institutimizda nemis tilining ōqitilişini rivojlantiriş hamda başqa yōnaliş talabalarining Germaniyada tahsil olişga bōlgan qiziqişini yanada oşiriş maqsadida Xorijiy tillar kafedrasi talabalari va professor-ōqituvchilari bilan muntazam hamkorlik olib bormoqda.
Buning yaqqol misoli sifatida institutimizda har yili ōtkaziladigan OnSET imtihonlari va DAAD faoliyatiga doir seminarlarni aytişimiz mumkin.
Joriy ōquv yilining 2026-yil 24-oktabr kuni institutimizning Axborot-resurs markazida anʼanaviy OnSET imtihonlari va NamDPI professor-ōqituvchilari, talabalari hamda ARM xodimlari iştirokida ōquv seminari taşkil etildi.
OnSET imtihonida Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Rahimjonova Umida B1 sertifikatiga ega bōlib, 2-bosqichdan keyin Germaniyada bōlib ōtadigan yozgi kurslarda iştirok etiş imkoniyatini qōlga kiritdi.
Bundan taşqari, institutimiz professor-ōqituvchilari, bakalavrlar, magistrlar hamda doktorantlarga ōz ōqiş va ilmiy işlarini Germaniyaga borib davom ettiriş imkoniyatlari tōğrisida keng va amaliy maʼlumotlar berildi.
Tadbir ōtkazilişida baş-qoş bōlgan institutimiz rahbariyati, jumladan, ilmiy işlar bōyicha prorektor M. Qodirxonov, taşqi aloqalar bōyicha masʼul S. Ibrohimov, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Z. Dadabayev, şuningdek, texnik taʼminot uçun institutimiz ARM başliği O. Nasridinov, bōlim mudirlari E. Yakubboyeva, M. Neʼmatboyev hamda Xorijiy tillar kafedrasining professor-ōqituvchilariga faol iştiroklari uçun Daniel Max Gallman ōz minnatdorçiligini bildirdi.
Kelajakda bunday hamkorlik institutimizning dunyoning rivojlangan oliygohlari bilan muntazam aloqa ōrnatişi uçun mustahkam poydevor bōlib xizmat qilişiga işonamiz.