Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/924
MAHORAT DARSI — ILM VA TAJRIBA UYG‘UNLIGI
08 октябр 2026
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Namangan davlat pedagogika institutihamkorligida o‘quvchilar uchun mazmunli va manfaatli mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar:
👨🏫 Matematika fanlari doktori, dotsent M. Mo‘minova
👨🏫 Fizika fanlari doktori, dotsent B. Boqiyev
👨🏫 Kimyo fanlari doktori, dotsent B. Komilov
👨🏫 Geografiya fanlari doktori, dotsent S. Abdurahmonov
Professor-o‘qituvchilar tomonidan matematika, fizika, kimyo va geografiya fanlari yo‘nalishlarida qiziqarli, zamonaviy hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Mahorat darslari davomida o‘quvchilarga fanlarning nazariy asoslari bilan bir qatorda, ularning amaliy ahamiyati, zamonaviy ilm-fandagi o‘rni hamda kelajakdagi kasbiy imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.