Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/923
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
08 октябр 2026
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
🌱 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Namangan davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari doktori, dotsent M. To‘rabayeva, pedagogika fanlari doktori, dotsent R. Tillayeva, pedagogika fanlari doktori, dotsent Sh. Ermatova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori S. Qozaqovalar ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, milliy o‘zlikni anglashdagi beqiyos o‘rni hamda uni asrab-avaylash va rivojlantirish mas’uliyati haqida mazmunli suhbatlar olib bordilar.
🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Mangu yashna, o‘zbek tilim!