info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar Kafedralar faoliyati

Maktab va oliy taʼlim hamkorligi: nazariyadan amaliyotga

Chortoq tumanida taʼlim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda oliy taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

08 октябр 2026 Kafedralar faoliyati 9 marta ko‘rilgan

Chortoq tumanida taʼlim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda oliy taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.


 

Namangan davlat pedagogika institutining Oʻquv-metodik markazi vakillari — Boshlangʻich taʼlimda innovatsiyalar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori M. Toʻraboyeva, Filologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent R. Tillayeva, kafedraning katta oʻqituvchilari, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) SH. Ermatova hamda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) S. Qozoqovalar 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻldilar.


 

Maktab bitiruvchilari bilan davra suhbati oʻtkazilib, oliy taʼlimga kirish, kasb tanlash va kelgusi taʼlim yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, maktab pedagoglari bilan metodik muloqot oʻtkazilib, dars jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.


 

Institutning Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-bosqich talabalarining "4+2" amaliyoti ham oʻrganilib, ularning maktabdagi amaliy faoliyati nazorat qilindi.


 

Bunday hamkorlik pedagogik taʼlimning amaliyot bilan uygʻunligini taʼminlash, boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash va maktab taʼlimi sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing