info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

"Muqaddas zamin" – tarixga sayohat.

Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti N. Valiyeva tashabbusi bilan Tarix yo'nalishi 3-kurs talabalari kinoteatrga tashrif buyurdilar.

05 ноябр 2026 Yangiliklar 12 marta ko‘rilgan

Tadbirdan maqsad talabalarning tarixiy jarayonlarni to'g'ri tasavvur qilishlari, o'tmish voqealarini chuqurroq anglab yetishlari edi.
Talabalar "Muqaddas zamin" filmini tomosha qildilar. Badiiy asar vositasida tarixiy voqealarni ko'z oldiga keltirish, ularning mohiyatini his qilish darslarda olingan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tomoshadan so'ng talabalar film haqidagi fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashib, o'z taassurotlarini bayon etdilar.
Ushbu tadbir yoshlarda Vatanga muhabbat, o'tmishga hurmat va o'z xalqi tarixi bilan faxrlanish tuyg'ularini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, "Muqaddas zamin" filmi tomoshabinlarda vatanparvarlik g'oyasini shakllantirishiga ishonamiz.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing