info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

SUN’IY INTELLEKTDA TAYYORLANGAN TARBIYAVIY MULTFILMNING TAQDIMOTI O‘TKAZILDI!

Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Kamolov Baxtiyor Xasanboyevich tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ta’lim tizimining quyi bosqichidagi tarbiyalanuvchilar uchun chiqindilarni o‘z joyiga tashlash va tabiatni asrash maqsadida tarbiyaviy multfilm tayyorlandi.

06 ноябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Tabiat bilan tanishtirish” mavzusini takomillashtirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni yanada rivojlantirish uchum “Chiqindilarni o‘z joyiga tashlang“ nomli multfilm taqdimoti Pedagogika fakultetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Tarbiyaviy harakterga ega bo‘lgan ushbu multfilmni tayyorlash jarayonlari va amaliyotga tadbiq qilishdan asosiy maqsad barkamol avlodlarga  tabiatga zarar yetkazmaslikni tushuntirish va amal qilish yuzasidan talabalar ham o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing