info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar 4+2 amaliyoti

Amaliyotchi talabalardan bitiruvchilarga bepul nemis tili to‘garaklari

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIIJTIMOIY FANLAR FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOT YO‘NALISHI TALABALARINING 4+2 AMALIYOTI DAVRIDA MAKTAB BITIRUVCHI BOSQICH O‘QUVCHILARIGA BEPUL TIL TO‘GARAKLARINI OLIB BORISHMOQDA

06 ноябр 2026 4+2 amaliyoti 10 marta ko‘rilgan

Joriy yilning 2-noyabr kuni Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, amaliyot rahbari Bahodir Jo‘rabayev, XTA-AN-24 (nemis tili) guruhi talabalarining 4+2 amaliyoti davrida maktab bitiruvchi o‘quvchilariga bepul til to‘garaklarini olib borish faoliyatini o‘rgandi.
Tashrif davomida talabalar amaliyot olib borayotgan Uychi tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2- son Namangan viloyati Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat sog`liqni saqlash texnikumi, hamda NamDPI qoshidagi akademik litseyda nemis tili fanidan o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlaridan so‘ng qo‘shimcha “Nemis tili to‘garaklari” tashkil etib, bu to‘garaklarda o‘quvchilarni nemis tili fanidan Til sertifikatlariga va DTM tomonidan o‘tkaziladigan OTM qabul imtihonlariga tayyorlayotganliklari kuzatildi.
To‘garaklar Davlat Ta’lim Standartlari tomonidan tasdiqlangan zamonaviy darsliklar, amaliyot rahbari hamkorligi va nazorati ostida tuzilgan qat’iy ishchi o‘quv-reja asosida olib borilmoqda.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing