Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1094
AMALIYOT JARAYONI: BO‘LAJAK O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHILARINING KASBIY MAHORATI KUZATILDI
24 октябр 2026
Amaliyot mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish ishlarini talabalarning amaliyot rahbari, Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi dotsenti M. Payzibayeva olib bordi.
Kuzatish jarayonida talabalarning darsga tayyorgarligi, dars ishlanmalarining mazmuni, ta’lim maqsadlarining aniq belgilanganligi, mavzuni o‘quvchilarga tushunarli va izchil yetkazish mahorati hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarning o‘quvchilar bilan muloqot o‘rnatishi, sinfni boshqarish qobiliyati, savol-javob va interfaol metodlardan foydalanishi, o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirishga qaratilgan usullari ham tahlil qilindi. O‘zbek tili fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash hamda savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Kuzatish yakunida talabalarning dars o‘tish jarayonidagi yutuq va kamchiliklari muhokama qilinib, ularga tegishli metodik tavsiyalar berildi. Darslarni yanada samarali tashkil etish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quvchilar bilimini baholash mezonlariga rioya qilish hamda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.