Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1242
"4+2" TIZIMIDA AMALIYOT — KASBGA ILK QADAM
17 ноябр 2026
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning amaliyot jarayonidagi faoliyatini o‘rganish, ularning kasbiy-pedagogik ko‘nikmalarini shakllantirish holatini baholash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida kafedra o‘qituvchilari talabalarning amaliyot kundaligi, dars ishlanmalari va boshqa hisobot hujjatlarining yuritilishi bilan tanishib chiqdilar. Shuningdek, talabalar tomonidan boshlang‘ich sinflarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar kuzatilib, darsni tashkil etish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, o‘quvchilar bilan muloqot o‘rnatish hamda sinfni boshqarish masalalari yuzasidan tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalarga dars samaradorligini oshirish, interfaol metodlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda qo‘llash va ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda maktab ma’muriyati vakillari va talabalarga biriktirilgan metodist o‘qituvchilar bilan ham fikr almashildi. Ular talabalarning amaliyotdagi faolligi, intizomi va kasbga bo‘lgan munosabati haqida o‘z fikrlarini bildirib, institut bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.