Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1218
4+2 amaliyot: Talabalar tomonidan maktab o‘quvchilariga bepul ingliz tili to‘garaklari tashkil etilmoqda
13 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi XTA-AU-24 guruhi talabalari Rahimjonova Ruxshona va Umaraliyeva Muattar 4+2 amaliyot dasturi doirasida Namangan tumani 22-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun bepul ingliz tili to‘garaklarini tashkil etib, mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning ingliz tilidagi lug‘at boyligini oshirish, grammatik bilimlarini mustahkamlash, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amaliyotchi talabalar dars jarayonida ko‘rgazmali materiallar, interaktiv topshiriqlar, savol-javoblar va individual yondashuv asosida o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga intilmoqdalar.
Mazkur tashabbus maktab o‘quvchilarining xorijiy tilni o‘zlashtirishiga ko‘maklashish bilan birga, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik mahorati va amaliy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.