info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Yig'ilishlar

Namangan davlat pedagogika instituti Kengashining 2026/2027-o‘quv yilidagi 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish hamda institut faoliyatiga oid tashkiliy masalalar o‘rin oldi.

09 ноябр 2026 Yig'ilishlar 9 marta ko‘rilgan


Dastlab pedagogik kadrlarni tayyorlashda dual ta’lim strategiyasini amalga oshirish, hududiy ehtiyojlarni hisobga olish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarovning ma’ruzasi tinglanib, nazariy tayyorgarlik va amaliy faoliyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, mavjud muammolar hamda ularning yechimlariga e’tibor qaratildi.

Navbatdagi masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov axborot berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni ijrosi doirasida institutda spin-off korxonalarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Muhokamalarda ilmiy faoliyat natijalarini amaliyotga tatbiq etish va innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda o‘quv jarayoni ishtirokchilari — professor-o‘qituvchilar va talabalar faoliyatini raqamlashtirish hamda transformatsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Saqarovaning ma’ruzasi asosida ta’lim jarayonida raqamli imkoniyatlardan foydalanish va faoliyat samaradorligini oshirishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Ahmedov tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida qabul qilingan magistrantlarning dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash masalasi taqdim etildi. Mazkur masala doirasida magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va ilmiy rahbarlikni ta’minlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.

Kun tartibining navbatdagi bandida ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi. Bu boradagi axborotda topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularni ko‘rib chiqishda mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan axborot berdi.

Shuningdek, institutning 2027-yil uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i A.Isroilovning axboroti asosida zarur asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlar, binolarning texnik ko‘rsatkichlari hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha asoslangan talabnomalarni taqdim etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishning turli masalalar qismida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi tegishli Muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash, ingliz tili o‘qitish metodikasi, tasavvuf va mumtoz poetika, sinfni boshqarish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, Sharq allomalarining ilmiy merosi hamda atom fizikasi yo‘nalishlaridagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar muhokama qilindi.

Kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar institutda ta’lim va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing