info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Hamkorlik

Zambiya va Vyetnamdan Namanganga: NamDPIda ikki mehmon ma’ruzasi

Namangan davlat pedagogika institutining 2-kurs talabalari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Zambiya va Vyetnamdan kelgan mutaxassislarning ma’ruzalarida qatnashdilar.

12 ноябр 2026 Hamkorlik 3 marta ko‘rilgan

 2026 yilning 10 noyabr kuni Zambiyaning Chibombo hududidagi Kafushi Boarding School o‘qituvchisi va tadqiqotchisi Allan Cephas Kunda bo‘lajak matematika o‘qituvchilari-matematika yo'nalishi ikkinchi bosqich talabalari uchun mehmon ma’ruzasini o‘tkazdi. Mashg‘ulot talabalar uchun matematika fanidan xorijiy tajriba olish imkonini berdi.
 2026 yilning 11 noyabr sanasida esa Ingliz tili yo‘nalishi talabalari bilan Vyetnamdagi Hanoi University of Industry (HaUI) universitetining Tillar va turizm maktabi Ingliz tili fakulteti dekan o‘rinbosari Nguyen Thi Minh Hanh ishtirokida 2-kurs talabalari uchun amaliy mashg'ulot o‘tkazildi. Talabalar Vyetnam oliy ta’lim muassasasi vakilidan o‘z sohalariga oid tajribani bevosita eshitish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bo‘lajak o‘qituvchi uchun boshqa mamlakatlardagi tajribalarni eshitish o‘z darsiga yangicha savollar bilan qarash, xorijda shu fan muammolari qanda qilinayotganini o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Allan Cephas Kunda va Nguyen Thi Minh Hanhga talabalarimiz bilan o‘z tajribalarini baham ko‘rganlari uchun minnatdorlik bildiramiz! 
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing