Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1208
BITIRUVCHILAR BILAN OLIY TA’LIMGA YO‘NALTIRISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
12 ноябр 2026
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayoni, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, kasb tanlash imkoniyatlari hamda kelgusidagi ta’lim istiqbollari bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilarga Namangan davlat pedagogika institutida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim olish imkoniyatlari, oliy ta’limga kirish tartibi hamda pedagogik kasbning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajakdagi maqsadlaridan kelib chiqib, kasb tanlashga mas’uliyat bilan yondashishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat jarayonida 45 nafar bitiruvchining kelgusidagi kasbiy rejalari va oliy ta’lim yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, bitiruvchilarning 28 nafari pedagogika, 12 nafari tibbiyot, 5 nafari esa iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.
Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy savol-javoblar asosida kechib, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan tegishli tavsiyalar oldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash, oliy ta’limga bo‘lgan intilishini kuchaytirish hamda maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.