info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

NAMANGAN ZIYOLILARI — MILLIY YUKSALIŞNING MUHIM TAYANÇI

Bugun Namangan şahridagi «Maʼrifat maskani»da «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida viloyat ziyolilari bilan muloqot bölib ötmoqda.

13 ноябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

Unda Olimlar, professor-öqituvçilar, ijodkorlar hamda turli sohalar vakillari iştirok etmoqda.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitasi raisi Xayrillo Ğapporov sözga çiqib, ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni, milliy yuksaliş jarayonidagi masʼuliyati, ilm-fan va maʼrifatning taraqqiyotdagi ahamiyati xususida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muloqotning asosiy maqsadi — ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyatini yanada oşiriş, ularning ilmiy-intellektual salohiyati va hayotiy tajribasini mamlakat taraqqiyoti yölida safarbar etişdan iborat.

Maʼruzaçilar muhtaram Prezidentimiz faoliyatining dastlabki davridanoq ziyolilarga alohida eʼtibor qaratib kelayotganliklarini qayd etişdi. Jumladan, 2017-yildagi dastlabki uçraşuv aynan ziyolilar, olimlar va ijod ahli bilan ötkazilgani hamda qabul qilingan ilk tarixiy hujjatlar bevosita kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgani milliy yuksaliş yölida ziyolilar qatlamiga bildirilgan yuksak işonçning yorqin ifodasi sifatida eʼtirof etildi. 

Uçraşuv-muloqotda jamiyatda vatanparvarlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, millatlararo totuvlik, raqamli taraqqiyot va zamonaviy media makon, ziyolilar bilan muloqotning mazmun-mohiyati, Yangi Özbekistonning ustuvor qadriyatlari, fuqarolik özligini şakllantiriş kabi mavzular atrofida fikr-mulohazalar almaşilyapti.

Şuningdek, tarix va milliy xotira, huquqiy tafakkur, davlatçilik anʼanalari hamda maʼnaviy meros masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Kunning ikkinçi qismida iştirokçilar yettita şöʼbaga bölingan holda ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy-siyosiy va boşqa dolzarb masalalarni muhokama qiladi. Bildirilgan taklif va taşabbuslar umumlaştirilib, ertangi yalpi muhokamaga kiritiladi.

14-noyabr kuni esa şöʼbalar moderatorlari tomonidan bildirilgan takliflar taqdim etilib, ular yuzasidan savol-javoblar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Muloqot davomida ilgari surilayotgan taklif va taşabbuslar «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning respublika yiğilişida taqdim etilişi közda tutilgan.

 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing