Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1219
Universitet kutubxonalari raqamli kelajak sari: milliy ilmiy-axborot tarmogʻi barpo etiladi
13 ноябр 2026
Bugungi kunda kutubxona faqat kitoblar saqlanadigan joy emas. U talaba, oʻqituvchi va tadqiqotchining ilmiy maʼlumotlarga tez, qulay va sifatli kirishini taʼminlaydigan zamonaviy axborot markaziga aylanmoqda. Shu bois universitet kutubxonalarini raqamlashtirish taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Strategiya doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– universitet kutubxonalari faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida isloh qilish;
– elektron axborot resurslari va ilmiy bazalardan foydalanishni kengaytirish;
– kutubxonalar oʻrtasida yagona axborot maydonini shakllantirish;
– milliy ilmiy-axborot tarmogʻi orqali olimlar, oʻqituvchilar va talabalarga ilmiy manbalarga erkin kirish imkonini yaratish.
Tadbirda Elektron axborot resurslari boʻlimi mudiri Neʼmatboyev Mirzohid hamda Ilmiy-uslubiy va axborot-maʼlumotlar boʻlimi mudiri Dehqonov Nosirjon ma’ruzalar bilan qatnashib, raqamli transformatsiyaning amaliy yoʻnalishlari, mavjud imkoniyatlar va kelgusi vazifalar haqida fikr bildirdilar.
Mazkur strategiya amalga oshirilsa, universitet kutubxonalari ilm-fan va taʼlimni bogʻlovchi zamonaviy platformaga aylanadi, ilmiy maʼlumotlar har bir izlanuvchi uchun yanada ochiq va qulay boʻladi.