Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1223
IJARA XONADONLARIDA TALABALARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATLARI OʻRGANILDI
14 ноябр 2026
Tashrif davomida xonadonlarning isitish tizimi, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar va xonadon egalari bilan suhbatlashilib, sovuq mavsumda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.