Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1225
Ziyolilar bilan muloqotning ikkinchi kuni: yangi takliflar tinglandi
14 ноябр 2026
Muloqotning birinchi kunida bildirilgan fikr va takliflar sinchiklab oʻrganib chiqildi. Bugun esa viloyat ziyolilari oʻz mulohaza va tashabbuslarini yana ochiq bayon etdi. Yoshlarni ilm va kitobga yaqinlashtirish, oila va mahallada tarbiyani kuchaytirish, ona tili hamda qadriyatlarimizni asrash, ilm-fan va ijod ahlining jamiyatdagi taʼsirini oshirish yuzasidan yangi takliflar tinglandi.