Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1233
FARĞONADA BELBOĞLI KURAŞ BÖYIÇA ÖZBEKISTON KUBOGIDA FAXRLI II ÖRIN QÖLGA KIRITILDI
15 ноябр 2026
Joriy yilning 12–15-noyabr kunlari Farğona viloyatida belboğli kuraş böyiça erkaklar va ayollar örtasida Özbekiston kubogi musobaqalari bölib ötdi.
Uşbu nufuzli musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport yönalişi talabasi Zayniddinova Zulayho ham munosib iştirok etib, 70 kg vazn toifasida öz mahoratini namoyon etdi.
Qizğin va murosasiz keçgan bellaşuvlar yakuniga köra, Zayniddinova Zulayho faxrli II örinni egallab, kumuş medal sohibasiga aylandi.
Zayniddinova Zulayhoning musobaqaga tayyorgarlik jarayonida murabbiyi Hamidullo Juraxanovning mehnati va kömagi muhim ahamiyat kasb etdi.
Uşbu natija talaba-sportçining sportga bölgan intilişi, mehnati va qat’iyatining samarasidir.
Zayniddinova Zulayhoni erişgan yutuği bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!