Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1234
PEDAGOGIK AMALIYOT — REAL HAYOT SARI MUHIM QADAM
15 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi o‘qituvchilari G. Po‘latova hamda S. Faxriddinovalar tomonidan «4+2» ta’lim tizimi doirasida talabalarning pedagogik amaliyot jarayonidagi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
O‘rganish davomida talabalarning dars mashg‘ulotlarini tashkil etishi, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishi, o‘quvchilar bilan ishlash mahorati hamda kasbiy tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, amaliyotchi talabalarga o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish, dars jarayonida samarali yondashuvlardan foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Pedagogik amaliyot — bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil faoliyat yuritish tajribasini oshirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim bosqich hisoblanadi.