Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1244
POP TUMANIDAGI 62- VA 77-SONLI UMUMIY ÖRTA TA’LIM MAKTABLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BÖYIÇA YÖL XARITASI IŞLAB ÇIQILDI
17 ноябр 2026
Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 24-son buyruği bilan tasdiqlangan baholash mezonlari, şuningdek, 2026–2027-öquv yili uçun ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar bilan işlaş vazifalaridan kelib çiqib, Pop tumanidagi 62- va 77-sonli umumiy örta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oşiriş va maktablar faoliyatini rivojlantiriş böyiça Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Z. Dadabayev tomonidan yöl xaritasi işlab çiqildi.
Yöl xaritasida öquvçilarning fanlarni özlaştiriş darajasini yaxşilaş, bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda ta’lim jarayoni samaradorligini oşirişga alohida e’tibor qaratilgan. Şu maqsadda öquvçilarning bilim darajasini aniqlash, özlaştirişi past bölgan öquvçilar bilan qöşimça va manzilli maşğulotlar taşkil etiş, ularning öquv natijalarini muntazam kuzatib boriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, fanlarga qiziqişi va qobiliyati yuqori bölgan öquvçilarni aniqlaş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda fan olimpiadalariga tayyorlaşga alohida e’tibor qaratiladi. Pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, dars jarayonida zamonaviy ta’lim metodlari va baholaş mezonlaridan samarali foydalanish ham yo‘l xaritasining muhim yönalişlaridan hisoblanadi.
Yöl xaritasida ta’lim jarayonini muntazam tahlil qiliş, aniqlangan muammolar yuzasidan zarur çoralarni belgilaş va amalga oşirilgan işlar natijalarini monitoring qilib boriş ham közda tutilgan.
Mazkur çora-tadbirlar natijasida öquvçilarning bilim sifati yaxşilanişi, iqtidorli öquvçilar bilan işlaş tizimi takomillaşişi hamda maktablar faoliyatining zamonaviy ta’lim talablari asosida rivojlanişi kutilmoqda.