info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Talabalik – oltin davrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi kechki ta’lim shakli 2-bosqich talabalari ishtirokida “Talabalik – oltin davrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

17 ноябр 2026 Yangiliklar 3 marta ko‘rilgan

Tadbirning asosiy maqsadi talabalik davrining inson hayotidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarda ilm olishga bo‘lgan intilish, kitobxonlik madaniyati, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalik yillarining inson hayotidagi eng unutilmas, mazmunli va imkoniyatlarga boy davr ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash, mustaqil fikrlash, o‘z ustida muntazam ishlash hamda kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir badiiy chiqishlar, she’riy satrlar, samimiy suhbatlar va qiziqarli fikr almashinuvlarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar o‘zlarining talabalik davri, orzu-maqsadlari, kelajak rejalari va unutilmas taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki, ijodiy chiqishlari va samimiy munosabati tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Tadbir yakunida talabalik davridan unumli foydalanish, berilgan imkoniyatlarni qadrlash, bilim va ma’rifat sari intilish har bir yoshning hayotiy mezoniga aylanishi lozimligi qayd etildi.

Zero, talabalik – nafaqat bilim olish, balki shaxs sifatida kamol topish, hayotiy tajriba orttirish va buyuk kelajak sari dadil qadam tashlash davridir!

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing