Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1248
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO TALABALAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
17 ноябр 2026
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarning bayramona kayfiyatini yanada ko‘tarish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida turli qiziqarli o‘yinlar, bellashuvlar va ko‘ngilochar shartlar o‘tkazildi.
Ayniqsa, talabalarning zukkoligi, topqirligi, faolligi va chaqqonligini namoyon etishga qaratilgan bellashuvlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar turli esdalik va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri samimiy muhit, ko‘tarinki ruh va unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.
Yoshlar ittifoqi — talabalikning eng yorqin lahzalariga hamroh!