Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1251
ROMAN — INSON VA JAMIYAT HAYOTINING BADIIY TALQINI
18 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi S. Faxriddinova tomonidan Adabiyotshunoslik asoslari fanidan “Roman janri va o‘zbek romanchiligining taraqqiyoti” mavzusida ochiq seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida roman janrining o‘ziga xos xususiyatlari, uning adabiy jarayondagi o‘rni, o‘zbek romanchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari xususida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida roman janrining rivojiga munosib hissa qo‘shgan adiblar ijodi, ularning asarlarida inson, jamiyat, davr va ma’naviy qadriyatlarning badiiy ifodasi tahlil qilindi.
Seminar jarayonida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, adabiy tahlil hamda munozaralarda faol ishtirok etdilar.
Ochiq mashg‘ulot talabalarning adabiy-estetik tafakkurini rivojlantirish, nazariy bilimlarini mustahkamlash va badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.