Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1268
ÖZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MAVZUSIDA OÇIQ SEMINAR ÖTKAZILDI
25 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi öqituvçisi Abdujabborov Mirzohid tomonidan ijtimoiy fanlar fakultetining UZB-AU-26 guruhi talabalari iştirokida Özbekistonning eng yangi tarixi fanidan “Özbekistonda ta’lim sohasida amalga oşirilgan islohotlar” mavzusida oçiq seminar maşğuloti ötkazildi.
Maşğulot davomida talabalarga Özbekiston mustaqillikka erişgandan söng ta’lim tizimida amalga oşirilgan tub özgarişlar, ta’lim sohasiga oid qonunlar va davlat dasturlari, maktabgaça, umumiy örta, professional hamda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim töğrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlaş milliy dasturining ahamiyati, 2017-yildan boşlab ta’lim tizimida amalga oşirilgan yangilanişlar, oliy ta’lim muassasalari sonining ortişi, xorijiy universitetlar filiallarining oçilişi, kredit-modul tizimining joriy etilişi hamda yoşlar uçun yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari aniq misollar asosida tuşuntirildi.
Seminar jarayonida mavzuga oid savol-javoblar, taqdimot slaydlari, krossvord hamda “Aqliy hujum” metodlaridan samarali foydalanildi. Interfaol usullar yordamida talabalarning mavzu yuzasidan bilim va könikmalari mustahkamlandi, mustaqil fikrlaş hamda tarixiy jarayonlarni tahlil qiliş qobiliyatlari rivojlantirildi.
Maşğulot yakunida Özbekistonda ta’lim sohasida amalga oşirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyoti va yoş avlod kamolotidagi örni yuzasidan muhim xulosalar çiqarildi.