Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1273
Teaç for Uzbekistan vakili bilan uçraşuv taşkil etildi
25 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida öquv işlari böyiça prorektor A.Abdunazarov hamda “Teaç for Uzbekistan” taşkiloti mutaxassisi Yodgorbek Inomov iştirokida talaba-yoşlar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Uçraçuv davomida “Teaç for Uzbekistan” dasturining maqsad va vazifalari, mamlakatimizning turli hududlarida sifatli ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, iqtidorli yoşlarni pedagogik faoliyatga jalb etiş hamda ularning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, taşkilot mutaxassisi Yodgorbek Inomov tomonidan dastur doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, iştirokçilarni saralaş mezonlari, hududiy maktablarda faoliyat yuritiş şartlari, moddiy rağbatlantiriş tizimi hamda xalqaro tajriba asosida kasbiy malakani oşiriş istiqbollari taniştirildi.
Mazkur dastur doirasida Qaşqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farğona viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktablarda fizika, matematika, informatika, kimyo, biologiya, ingliz va rus tillari fanlari böyiça faoliyat yuritiş istagida bölgan yoşlar tanlov asosida saralab olinadi.
Dastur iştirokçilariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
Oylik iş haqi va stipendiya — jami 9 600 000 söm;
Uzluksiz metodik yordam va kasbiy rivojlaniş;
“Teaç for All” xalqaro yetakçilar tarmoğiga a’zo böliş.
Dasturda 2027-yil sentabr oyiga qadar bakalavr diplomiga ega böladigan, öz fanini puxta biladigan yoşlar iştirok etişlari mumkin. Pedagogik ma’lumot va iş tajribasi talab etilmaydi.
Arizalar 2026-yil 31-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Ariza topşiriş: https://apply.teachforuzbekistan.org
Batafsil ma’lumot: https://teachforuzbekistan.org/uz
Mazkur uçraşuv bölajak pedagoglarning kasbiy istiqbollarini kengaytiriş, bandligini ta’minlaş, yetakçilik salohiyatini rivojlantiriş hamda mamlakatimiz ta’lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qöşişlari uçun muhim ahamiyat kasb etdi.
Bilimingiz — kimningdir kelajagi. Ta’limdagi ijobiy özgarişlarning faol iştirokçisiga aylaning!