Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1271
EZGU NIYAT, QAT'IY AMAL VA GÖZAL FAZİLATLAR BİLAN YAŞASANG, ASLO KAM BÖLMAYSAN!
25 ноябр 2026
Prezidentimizning nabiralariga yöllagan maktubini öqib, undagi har bir jumla nafaqat bir nabiraga aytilgan samimiy nasihat, balki butun yoş avlodga qaratilgan hayotiy saboq ekanini his qildim. Maktubda aks etgan mehr, mas’uliyat, Vatanga muhabbat, ilmga intiliş va vaqtni qadrlaş kabi tuşunçalar bugungi talaba-yoşlar uçun juda muhim. Ayniqsa, “Ezgu niyat, qat’iy amal va gözal fazilatlar bilan yaşasang, aslo kam bölmaysan” degan fikr meni çuqur muşohadaga undadi. Darhaqiqat, insonning komillikka erişişi faqat orzu qiliş bilan emas, balki şu orzular yölida izçil harakat qiliş, intizom, sabr va halollik bilan yaşaş orqali amalga oşadi.
Maktubda ilm-ma’rifatga alohida urğu berilgani biz, talabalar uçun katta mas’uliyat yuklaydi. Bugun bizga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş, zamonaviy bilimlarni egallaş, xorijiy tillarni örganiş, texnologiyalar va sun’iy intellektdan oqilona foydalaniş — kelajak oldidagi muhim vazifalarimizdir. Çunki ertangi Yangi Özbekiston taraqqiyoti bugungi yoşlarning bilimiga, dunyoqaraşiga, taşabbusi va fidoyiligiga boğliq.
Maktubdagi vaqtni qadrlaş, muvaffaqiyatsizlikdan tuşkunlikka tuşmaslik, yiqilganidan keyin yana turiş haqidagi fikrlar ham hayotimizda doimo amal qilişimiz kerak bölgan tamoyillardir. Talabalik davri — izlaniş, tajriba orttiriş, xatolardan saboq oliş va öz ustimizda tinimsiz işlaş davri. Bu davrning har bir kunini mazmunli ötkaziş kelajakdagi muvaffaqiyatlarimizga poydevor böladi.
Men uşbu maktubni şunçaki murojaat emas, balki yoş avlodga bildirilgan işonç, mehr va katta umid ifodasi sifatida qabul qildim. Bu işonçga munosib böliş uçun yaxşi öqiş, halol mehnat qiliş, Vatan ravnaqiga öz hissamizni qöşiş va insoniy fazilatlarni hayotimiz mezoniga aylantirişimiz lozim.
Zero, ezgu niyatni amaliy harakatga aylantirgan, ilm va intizomni hayot mezoni qilgan yoşgina yurt kelajagini bunyod etadi.