info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Munosabat

“SAMARQAND RUHI”-MARKAZIY OSIYO VA AQSH O‘RTASIDAGI ISHONCH KO‘PRIGI

O‘zbekiston keyingi yillarda tinchliksevar, ochiq va muvozanatli tashqi siyosat yuritib, xalqaro maydonda ishonchli va mas’uliyatli sherik sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.

20 октябр 2026 Munosabat 16 marta ko‘rilgan

“SAMARQAND RUHI”-MARKAZIY OSIYO VA AQSH O‘RTASIDAGI ISHONCH KO‘PRIGI 

O‘zbekiston keyingi yillarda tinchliksevar, ochiq va muvozanatli tashqi siyosat yuritib, xalqaro maydonda ishonchli va mas’uliyatli sherik sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. 

Davlatimiz tomonidan mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash, global muammolarni muloqot va hamkorlik yo‘li bilan hal etish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda. 

Ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va innovatsiya sohalarida izchil kengayib bormoqda. ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ochiq muloqot va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik izchil va jadal rivojlanib borayotgani, ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Ayni kunlarda AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifini Vashingtonning Markaziy Osiyo bilan siyosiy va iqtisodiy hamkorlikka e’tibori ortayotganining muhim ifodasi sifatida baholash mumkin.

Bu tashrif O‘zbekiston uchun AQSH bilan munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va milliy manfaatlarga mos yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ilgari surish nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir

Samarqand uchrashuvining O‘zbekiston uchun asosiy ahamiyati AQSH bilan siyosiy muloqotni iqtisodiy natijalar bilan to‘ldirish, yangi investitsiya va texnologik hamkorlik imkoniyatlarini ishga solish hamda Markaziy Osiyoning xalqaro sheriklar bilan munosabatlardagi o‘rnini mustahkamlashdan iborat.

Erishilgan kelishuv va tashabbuslar mamlakat iqtisodiyotiga yangi investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, sanoatni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymat yaratadigan tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Shu bilan birga, mazkur tashrif O‘zbekistonning tinchliksevar va konstruktiv tashqi siyosat yuritayotgan, global muammolarga yechim taklif qila oladigan faol davlat sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamladi.

Iqbolxon Jo’rayeva 

Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi,

Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing