Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/779
NamDPI vakili — xalqaro ta’lim dasturida
11 сентябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abduvokhid Isakov Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi Ta’limni rejalashtirish va boshqarish milliy instituti — NIEPA tomonidan tashkil etilgan IPEM xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro dastur Hindiston hukumatining ITEC — Indian Technical and Economic Cooperation dasturi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, turli davlatlardan tashrif buyurgan ta’lim sohasi mutaxassislarini bir maydonda birlashtirgan.
Trening davomida ta’limni strategik rejalashtirish va boshqarish, ta’lim sifatini ta’minlash, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastur ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, professional hamkorlikni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Quvonarlisi, dunyoning turli mintaqalaridan kelgan hamda 14 dan ortiq mamlakat vakillari bo'lgan dastur ishtirokchilarining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi asosida Abduvohid Isaqov kurs prezidenti etib saylandi. Ushbu e’tirof uning yetakchilik salohiyati, tashabbuskorligi va xalqaro akademik muhitdagi faol ishtirofining munosib natijasidir.
Hamkasbimizga xalqaro dasturdagi faoliyatida muvaffaqiyat, yangi bilim va tajribalarni institutimiz ta’lim sifatini yanada yuksaltirish yo‘lida samarali tatbiq etishini tilaymiz!