Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/781
Kutubxonaga a’zolik jarayonini institut rektori boshlab berdi
11 сентябр 2026
Hamkorlik memorandumini imzolash marosimidan so‘ng Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati Axborot-kutubxona markaziga a’zolik uchun birinchilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘tdi va a’zolik jarayonini boshlab berdi.
Shundan so‘ng institut rahbariyati vakillari hamda talaba-yoshlar kutubxona a’zoligidan o‘tib, markazning axborot-resurslari, boy kitob fondi va elektron xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashabbus, avvalo, rahbariyatning shaxsiy namunasi orqali talaba-yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kutubxona imkoniyatlaridan muntazam foydalanishni rag‘batlantirishga qaratildi.
Shu tariqa, institut rektori boshlab bergan a’zolik jarayoni rahbariyat va talabalar ishtirokida izchil davom ettirildi.