Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/786
Namanganda istiqbolli kadrlari saralanmoqda
17 сентябр 2026
Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyatida 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli mutaxassislar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovi o‘tkazilmoqda.
Bugun Namangan davlat pedagogika institutida tanlovning 3-bosqichi o‘tkazildi.
Nomzodlar mazkur bosqichda “Boshqaruvdagi mavjud muammolar, amaliy yechimlar va kutilgan natijalar” mavzusida esse yozdilar.
Esse yozish jarayonida nomzodlardan tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib, boshqaruvdagi mavjud muammoni aniq belgilash, uning sabablarini tahlil qilish, muammoning aholi, soha yoki hudud rivojiga ta’sirini ochib berish, aniq va amaliy yechimlar taklif etish, shuningdek, takliflarni hayotiy yoki amaliy misollar bilan asoslash talab etildi.
Shuningdek, nomzodlarning mustaqil fikrlash, tizimli tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyati, fikrlarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon etishi hamda aniq xulosa va amaliy takliflar bilan yakunlashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tanlovning mazkur bosqichi oliy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari tomonidan 100 ballik mezon asosida baholanadi.
Ma’lumot uchun: tanlovning 3-bosqichi ertaga, 17-sentyabr kuni ham davom etadi.