info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
E'lonlar

Xorijda yashayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bepul (davlat granti) o‘qish imkoniyati!

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, xorijdagi yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

14 сентябр 2026 E'lonlar 10 marta ko‘rilgan

Aziz xorijdagi yosh vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda davlat oliy ta’lim muassasalari xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarimizni O‘zbekistonning yetakchi universitet va institutlarida davlat granti (bepul) asosida ta’lim olishga taklif etadi!

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, xorijdagi yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.

📚 Qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar ajratilgan?

  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
  • Tarix
  • San’at ta’limi (barcha bakalavriat yo‘nalishlari)
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • Musiqa ta’limi

🏛 Qaysi OTMlarda o‘qishingiz mumkin?

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti hamda respublikamizning boshqa ko‘plab nufuzli davlat universitet va institutlari.

📋 Hujjat topshirish va saralash tartibi:

• Arizalarni topshirish: Talabgorlar tomonidan arizalar va tegishli hujjatlar har yili 5-sentyabrdan 15-sentyabrgacha muayyan OTMlar tomonidan qabul qilinadi.

• Ekspertizadan o‘tkazish: Qabul qilingan hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ekspert komissiyasi tomonidan 5-oktyabrgacha o‘rganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.

📂 Kerakli hujjatlar:

  • Ariza (tanlangan OTM va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda);
  • Fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat (Pasport yoki ID-karta nusxasi);
  • Xorijda istiqomat qilishini/vatandoshligini tasdiqlovchi hujjatlar hamda ma’lumoti haqidagi shahodatnoma/diplom.
Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing