Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1041
Namangan davlat pedagogika institutida O‘FA “D” LITSENZIYASI kursi
20 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida O‘FA “D” LITSENZIYASI kursi
Namangan davlat pedagogika institutida O‘FAning “D” litsenziyasi bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursiga start berildi.
Mazkur o‘quv kursi futbol sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish istagida bo‘lgan mutaxassislar uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
Kurs davomida "Jismoniy madaniyat" yo'nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etmoqda va futbol bo‘yicha nazariy bilimlarini boyitib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab borishadi. Shuningdek, zamonaviy murabbiylik yondashuvlari, yosh futbolchilar bilan ishlash hamda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lishadi.
Mashg‘ulotlar O‘FAning ta’lim bo‘yicha mutaxassisi Ataxanov Umarali hamda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Bekzod Nodirovlar tomonidan olib borilmoqda.
Bunday o‘quv kurslari hududlarda futbolni ommalashtirish, malakali mutaxassislar safini kengaytirish va yosh avlod orasidan
iqtidorli futbolchilarni kashf etishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati, Namangan shahri