Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/808
“IT Queens” tanlovining institut bosqichi g‘oliblari aniqlandi
26 сентябр 2026
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 18-sentabrdagi 399-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika innovatsion tanlovining oliy ta’lim muassasasi bosqichi Namangan davlat pedagogika institutida o‘tkazildi.
Tanlovda talaba-qizlar dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, robototexnika va IoT yo‘nalishlaridagi loyihalarini taqdim etdilar. Ularning ishlari mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Natijalarga ko‘ra, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi Mo‘ydinova Dilafruz Muzaffar qizi “Eng yaxshi mobil ilova”, Ijtimoiy fanlar fakultetining Xorijiy tillar yo‘nalishi talabasi Maxmudjanova Gulsanam Baxromjon qizi esa “Eng yaxshi raqamli ta’lim” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.