info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Institut

Institut axborot-resurs markazi fondi 780 dona yangi adabiyot bilan boyitildi

Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi fondiga 27 nomdagi 780 dona yangi o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyot kelib tushdi. Yangi nashrlarni talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarga tanishtirish maqsadida institut hovlisida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

26 сентябр 2026 Yangiliklar 11 marta ko‘rilgan

Institut axborot-resurs markazi fondi 780 dona yangi adabiyot bilan boyitildi

Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi fondiga 27 nomdagi 780 dona yangi o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyot kelib tushdi. Yangi nashrlarni talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarga tanishtirish maqsadida institut hovlisida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada adabiyotlarning mazmuni, qaysi yo‘nalishlarda foydalanish mumkinligi hamda ularning o‘quv jarayoni va mustaqil izlanishlar uchun ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘z mutaxassisligiga oid nashrlar bilan tanishib, kerakli adabiyotlardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar oldi.

Axborot-resurs markazi fondining yangi nashrlar bilan to‘ldirilishi talabalar va professor-o‘qituvchilarning o‘quv hamda ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Institut jamoasi va talabalarni yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish uchun Axborot-resurs markaziga taklif etamiz.
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing