info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Ijtimoiy ish sohasida dual ta’limni joriy etish masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan PROSPI loyihasi doirasida “Yangi O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda dual ta’limning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi.

26 сентябр 2026 Yangiliklar 17 marta ko‘rilgan

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan PROSPI loyihasi doirasida “Yangi O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda dual ta’limning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Namangan davlat pedagogika institutidan Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova hamda kafedra o‘qituvchisi I.Ergashev ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim dasturini joriy etish modeli, uning institutsional tuzilishi, akademik va amaliy komponentlari, oliy ta’lim muassasalarining o‘rni hamda manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.

Dual ta’lim modelini joriy etish orqali ijtimoiy ish sohasi uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsad qilingan.

Manbaa: https://t.me/namspii/53255?single

Maqolani ulashing
O
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing